SportUz.Net
iks
ads

Ar-Riyodda Ring IV: Night of the Champions boks oqshomi o'tkazildi

23.11.2025 15:36    


Rasmni yuklab olish

Tongda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida katta prof boks oqshomi - Ring IV: Night of the Champions turniri tashkil etildi.

Kechaning markaziy jangida mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan 28 yoshli Devid Benavides (31-0, 25KO) 34 yoshli Entoni Yardga (27-4, 24KO) qarshi yarimog'ir vazn toifasida WBC chempionlik kamarini himoya qildi. Benavides jangning ettinchi raundida muddatidan avval zafar quchdi.

Ikkinchi muhim jangda yana bir mag'lubiyatsiz bo'lib kelgan bokschi, 24 yoshli yarimo'rta vazn toifasida WBO chempioni kichik Brayan Norman (28-1, 22KO) 27 yoshli engil va birinchi yarimo'rta vaznda sobiq chempion Devin Xeyni (33-0, 15KO) bilan to'qnash keldi. Jangda Xeyni ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: