
Oqshomning asosiy jangida Den Xukerni ikkinchi raundda qo'l uchburchagi bilan bo'g'ib qo'ygan Arman Carukyan kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 ming dollarlik mukofot puliga loyiq ko'rildi.
Ikki kunlik ogohlantirish bilan SHamil Gazievga jang o'tkazib, birinchi raunddayoq Bahrayn vakilini nokautga uchratgan Valdo Kortes-Akosta ham turnir bonusisiz qolmadi. Og'ir vazndagi Valdo uch hafta avval Ante Deliyani ham nokautga evaziga mag'lub etgandi.
Liga rahbariyati tomonidan etirof etilgan yana bir nokautning muallifi tashkilotning britaniyalik debyutanti Lyuk Rayli bo'ldi. U ikkinchi raundning 30-soniyasida avstriyalik Bogdan Gradni mag'lub etdi. To'rtinchi bonus esa yaponiyalik Kiodji Xoriguchiga nasib etdi. Kunchiqar yurt vakili to'qqiz yillik tanaffusdan so'ng tashkilotga qaytdi va uchinchi raundda rossiyalik Tagir Ulanbekovni bo'g'ish usulida mag'lubiyatga uchratdi.
