
Xavfsizlik xizmati bunga yo'l qo'ymaslikka majbur bo'ldi, ikkala jangchi ham mojaroga qarshi tomon sabab bo'lganiga ishonchi komil. Voqea aks etgan video tadbirdan so'ng darhol irlandiyalikning ijtimoiy tarmog'ida paydo bo'ldi va jangchilarning har biri sahna ortida ular o'rtasida nima bo'lganini tushuntirdi.
"Agar sen birovga teginsang - buni hurmat bilan amalga oshir. Odamning orqasidan pichoq urmaslik kerak. Ha, u kafti bilan orqamga urdi, bu hurmatsizlik edi. Birovga hurmat ko'rsatmoqchi bo'lsang, buni hurmat bilan qil. U esa o'zini yo'qotib qo'ydi. Siz bu yigit o'zini qanday tutishini bilasiz - u ikkinchi Konor bo'lishga harakat qilmoqda. Lekin hech qachon bunday bo'lmaydi", - dedi CHimaev Arman Carukyanning matbuot anjumanida jurnalistning tegishli savoliga javob berar ekan.
O'z o'rnida Gerri bu vaziyatga boshqacha qarayotganini bildirdi.
"Men Carukyanning oldiga borib, uni tabrikladim. Keyin Xamzatning oldiga borib: "Hoy, chempion, ishlar qalay? Yana qachon ko'rishamiz? dedim. U esa: "Bilmadim, birodar. Qachon bo'lsa, o'sha zahoti" dedi va elkamga qoqib qo'ydi. SHundan so'ng xavfsizlik xizmati xodimi o'rtamizga turib oldi, garchi bizda hammasi joyida bo'lsa-da. Biz urishmoqchi emasdik, lekin to'satdan uning bolaligi tutib ketdi - u meni itarib yubordi. Men unga o'girilib, u jahon chempioni ekanligini, lekin o'zini yosh boladek tutishini aytdim. Sen chempionsan - senda g'azabni boshqarish bilan bog'liq muammo bo'lmasligi kerak. SHunchaki o'zingni erkaklardek tut", - dedi Gerri Belal Muhammad ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng matbuot anjumanida.
