
30 noyabrga qadar davom etadigan mashg'ulotlarda vakillarimizdan tashqari Qozog'istonning birinchi va ikkinchi raqamli bokschilari, Tunis hamda qirg'izistonlik charm qo'lqop ustalari ishtirok etishyapti.
Yig'in Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi zalida hamda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo'lib o'tmoqda.