SportUz.Net
iks
ads

Jek Della Maddalena: "Maxachevni qo'rqinchli tush kutmoqda"

13.11.2025 16:48    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vaznda amaldagi UFC chempioni Jek Della Maddalenani shu hafta oxirida Islam Maxachevga qarshi yil jangi kutmoqda.

Avstraliyalik chempion o'zini jangda autsayder deb hisoblashayotgani aksincha uning foydasiga xizmat qilishini takidlamoqda.

"Menda ko'nikmalar bor. Bu sport turida har kim istalgan raqibga og'ir jang berishi mumkin. Agar u og'ir jangni kutmasa, uni qattiq "uyg'onish" kutadi. Men hali ham o'zimni anderdog deb his qilaman. Menda anderdog mentaliteti bor - men hamma narsani isbotlashim kerak. Bir so'z bilan menga autsayder roli yoqadi", - dedi avstraliyalik Nyu-Yorkda matbuot xodimlari bilan muloqotda.

SHu bilan birga, chempion UFC 322 turnirining asosiy jangi u uchun oson bo'lmasligini ham biladi.

"Islam bilan besh raund jang - qaysidir lahzada parterga tushishingni bilasan. Bu usul janglarda sinovdan o'tgan, engil vaznning eng yaxshi yigitlari bilan jang qilgan, shuning uchun parterga tayyor bo'lish kerak. Ideal holat - masofa saqlash va parterga tushib qolmaslik. Biz aralash yakkakurashlar bo'yicha to'laqonli jangni kutyapmiz, unda siz barcha mahoratingizni ko'rsatishingiz kerak bo'ladi", - deya qo'shimcha qildi Maddalena.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: