
"Bizda musulmon jahon chempioni paydo bo'ldi, ammo muammo shundaki, u islom mamlakatlari bo'ylab safarlarga chiqdi. Saudiya Arabistoni, Abu-Dabi, Qatarga bordi va u erda uni pulga ko'mib tashlashdi. U shunchalik ko'p pul topdiki, oktagonga chiqib jang qilishiga hojat qolmadi. Keyin otasi vafot etdi va bu ham uning bu ish bilan shug'ullanishni xohlamasligiga muhim sabab bo'ldi", - dedi Uayt Prince Street Pizza picceriya tarmog'i kanalida chop etilgan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov so'nggi jangini 2020 yilning oktyabr oyida o'tkazgan. O'shanda u endigina 32 yoshga to'lgan va ko'plab mutaxassislarning fikriga ko'ra, sport formasining eng yuqori cho'qqisida edi. UFC rahbariyati bir necha oy davomida uni yana bir bor jang qilishga ko'ndirishga urinib ko'rdi. Ammo 2021 yilning martida Dana Uayt Nurmagomedov rasman faoliyatini yakunlagani va unga tegishli bo'lgan engil vazn toifasidagi kamar bo'sh qolganini elon qildi.
