SportUz.Net
iks
ads

Pereyra va Teysheyra Xamzat CHimaevning chaqiruviga javob berdi

13.11.2025 12:54    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni Aleks Pereyra va uning murabbiyi Glover Teysheyra Xamzat CHimaevning ikkalasini bir vaqtning o'zida mag'lub etishga tayyorligi haqidagi tahdidiga "otvet" qildi.

"CHimaev Poatan bilan jang qilishi kerak, ammo avval u bu jangni olishi kerak, chunki hozir bizga Jon Jons kerak, u katta nom. Lekin agar bir kun kelib CHimaev Poatan bilan jang qiladigan bo'lsa, men Aleksning g'alabasiga uy tikaman. Menga kelsak, CHimaev, men istefodaman, lekin agar biror narsa bo'lsa, men yoningdaman - sen bilan mehmonxona zalida, istalgan joyda uchrashishimiz mumkin. Men bilan mushtlashmoqchimisan? Men sening joningni olaman", - dedi Teysheyra ijtimoiy tarmoqda elon qilingan videoda.

"Bu yigit men bilan jang qilmoqchi ekanini aytdi. Men senga ochig'ini aytyapman, CHimaev, kel, buni grepplingda amalga oshiramiz. Qolaversa, buni to'g'ridan-to'g'ri UFC’da Braziliya jiu-jitsu turnirida amalga oshirishimiz mumkin. Qancha pul topishimizning menga farqi yo'q - garchi ismim tufayli pul yaxshi bo'lsa ham - chunki gonorarning hammasi xayriya ishlariga sarflanadi. Maqulmi? CHaqirig'imni qabul qilasanmi, Xamzat CHimaev? SHama", - deya qo'shimcha qildi Pereyra.

Xamzat CHimaev avgust oyida o'rta vazn toifasida hakamlarning yakdil qarori bilan Drikus Dyu Plessi ustidan g'alaba qozonib, UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan bo'lsa, Aleks Pereyra oktyabr oyida yarim og'ir vazn toifasida Magomed Ankalaevni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarini qaytarib olgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: