Hakamlar Alievni raqibiga atayin bosh bilan xavfli zarba berdi deb topishgan va natijada britaniyalik Freyzer Klarkka texnik g'alabani taqdim etishgandi. Qarordan norozi bo'lgan franciyalik bokschi avvaliga 45 daqiqa davomida ringni tark etmay o'tirgandi. Keyinchalik kiyinish xonasiga yo'l olgan Aliev qaytib chiqib yana norozilik belgisi sifatida ringda o'tirishda davom etgandi.
"Sportchiga xos xatti-harakati uchun bokschi Aliev Olimpiya o'yinlaridan diskvalifikaciya qilindi. Uning barcha natijalari nolga tenglashtirildi va vazn toifasidan chetlatildi. Boz ustiga u tasvirga olayotgan kameraga ham zarba berishga ulgurdi. Bu harakatlar shunchalik qolmasligi kerak", — deyiladi Olimpiada-2020 tashkilotchilarining rasmiy bayonotida.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Bahodir Jalolov yarim finalda aynan britaniyalik Freyzer Klarkka qarshi ringga ko'tariladi.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"