SportUz.Net
iks
ads

46 yoshli sobiq UFC chempioni prof boksda debyut qildi (VIDEO)

10.11.2025 17:51    


Rasmni yuklab olish

AQSHning Neshvill shahrida Misfits Boxing professional boks turniri bo'lib o'tdi.

Oqshom doirasida og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Andrey Orlovskiy professional boksdagi debyutini nishonladi. Belaruslik aralash yakkakurash ustasi amerikalik Kelechi Dayk (1-1, 1 KO)ka qarshi ringga ko'tarildi. Jangning to'rtinchi raundida Orlovskiy raqibini nokautga uchratdi. 


Takidlash joiz, Andrey Orlovskiy bu yil Dirty Boxing va BKFC ligalarida ham jang o'tkazib, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgan edi. 46 yoshli Orlovskiy professional MMAda 1999 yilda debyut qilgan. 2000 yilda UFC promoushenida ilk jangini o'tkazgan. Og'ir vaznda UFC chempioni bo'lgan. Strikeforce va Fight Nights ligalarida ham ishtirok etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: