SportUz.Net
iks
ads

Xabib Makgregor bilan jang haqida: "Bu mening tatilim edi"

10.11.2025 15:45    


Rasmni yuklab olish

Xabib Nurmagomedov 7 yil muqaddam Konor Makgregorni muddatidan oldin mag'lub etib, nafaqat faoliyatidagi eng ko'p gonorarga ega chiqdi, balki dushmanini er tishlatganidan tom manoda zavq oldi.

"Dunyoda bir ajoyib narsa bor - kimnidir yoqtirmasang, "qafas"ga kirasan, uni do'pposlaysan va buning uchun senga haq to'lashadi. Qafasdan tashqarida ham shunday qilsang, seni qamab qo'yishadi. Men bu lahzani juda uzoq kutgan edim. Men u bilan nafaqat urishardim, balki yo'l-yo'lakay gaplasha olardim ham. Bu fursatdan foydalanib, rohatlanib olardim. Bu mening tatilim edi", - dedi Nurmagomedov "S Khalil" kanaliga bergan intervyusida.

Nurmagomedov jangning to'rtinchi raundida Makgregorni sabmishen evaziga bo'g'ib qo'ygandi. Ushbu to'qnashuv ikki yarim millionga yaqin pullik translyaciyalar sotilgan aralash yakkakurashlar tarixidagi eng daromadli jang bo'lgandi.

Xabib Nurmagomedov irlandiyalik bilan jangdan so'ng engil vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini yana ikki bor himoya qildi. U Dastin Pore va Jastin Getjini muddatidan oldin mag'lub etdi va shundan so'ng professional faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: