
Kuchli o'ntalikka superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik (24-0, 15 KO) ham kirdi va beshinchi o'rinni egalladi. Ukrainalikning boyligi 214 million dollarga baholanmoqda.
Ro'yxatda faoliyati davomida taxminan 400 million dollar ishlab topgan Floyd Meyvezer etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rinni 300 mln dollar bilan Saul "Kanelo" Alvares (63-3-2, 39 KO) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikk Jorj Forman yakun yasab bergan. Formanning kapitali ham 300 mln dollarga baholangan.
Give me Sport versiyasi bo'yicha eng boy bokschilarning Top-10 reytingi:
1. Floyd Meyvezer — $ 400 mln.
2. Saul Alvares — $ 300 mln.
3. Jorj Forman — $ 300 mln.
4. Menni Pakyao — $ 220 mln.
5. Aleksandr Usik — $ 214 mln.
6. Oskar de la Xoyya — $ 200 mln.
7. Tayson Fyuri — $ 146 mln.
8. SHugar Rey Leonard — $ 120 mln.
9. Lennoks Lyuis — $ 120 mln.
10. Jeyk Pol — $ 100 mln.

Jahongir Najmiddinovda g'alaba. Etti nafar hamyurtimiz Alash Pride 114 turnirida jang qilishdi