Musobaqada -69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bobousmon Baturov bugun ikkinchi jangini o'tkazdi. Ushbu bahsda hamyurtimizga armanistonlik Gurgen Modoyan raqiblik qildi.
Jang to'liq davom etdi va unda hamyurtimiz 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Qayd etish lozimki, bokschimiz ikkinchi raundda raqibini ringga qulatib, nokadaun holatiga ham tushirdi.
Eslatib o'tamiz, bugun kun davomida yana bir necha bokschimiz jang qiladi.
Rasman! Merab Dvalishvili Guskov jang qiladigan oqshomda kamarini himoya qiladi + POSTER