SportUz.Net
iks
ads

Prof boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan SHohjahon Abdullaev keyingi jangini "Humo Arena"da o'tkazadi (POSTER)

29.10.2025 12:06    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik professional bokschi SHohjahon Abdullaev ringga qaytyapti.

Og'ir vaznli charm qo'lqop ustasi 14 noyabr kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ishtirok etadi.

Malum bo'lishicha, Abdullaev turnir doirasida tanzaniyalik 33 yoshli Gutram Ngoyaga qarshi rigga chiqadi.

Takidlash joiz, 23 yashar SHohjahon so'nggi jangini iyul oyida Toshkentda hindistonlik Gaurav Duttga qarshi o'tkazib, muddatidan avval g'alaba qozongandi. U hozirga qadar 5 ta jang o'tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Gutram Ngoya esa prof karerasi davomida hozirgacha 15 ta jang o'tkazib, 13 g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: