SportUz.Net
iks
ads

III Yoshlar Osiyo o'yinlari. O'zbekiston 41 ta medal bilan 2-o'rinni mustahkamlab oldi (+to'liq jadval)

29.10.2025 13:30    


Rasmni yuklab olish

Bahrayn poytaxti Manama shahrida yoshlar o'rtasida III Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

Ayni daqiqalarga qadar O'zbekiston terma jamoasi sport delegaciyasi medallar jamg'arish bo'yicha jami 41 ta medal qo'lga kiritib ulgurdi. Yoshlarimiz 19 ta oltin, 5 ta kumush, 17 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Medallar jamg'arish bo'yicha terma jamoamiz 2-o'rinni mustahkam egallab turibdi. Uchinchi o'rindagi Tailand terma jamoasidan 6 ta oltin medal ko'p jamg'arganmiz. 

Osiyo sporti gegemoni Xitoy terma jamoasining umumiy medallari 101 taga etib ulgurdi. CHin yurti vakillari 48 ta oltin, 35 ta kumush, 18 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Yon qo'shnilarimiz Qozog'iston delegaciyasi 12 ta oltin, 15 ta kumush, 23 ta bronza, roppa-rosa 50 ta medal bilan 4-pog'onadan joy olishgan. Tojikiston (2 ta oltin, 1 ta kumush, 9 ta bronza) 18, Qirg'iz Respublikasi (4 ta kumush, 6 ta bronza), 27, Afg'oniston (1 ta kumush, 3 ta bronza) 30, Turkmaniston (1 ta bronza) esa 35-o'rinni band etgan.       

Umuman olganda, jami 26 davlat delegaciyalari hisobida kamida 1 ta oltin, 31 tasida bitta kumush, 36 tasida esa bronza medali bor. Musobaqa davom etmoqda.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: