
Jumladan, hamyurtimiz Bogdan Guskovning yarim og'ir vazn toifasi reytingida qator o'zgarishlar bo'ldi. Aynan UFC 321 turnirida ajoyib g'alabaga erishgan Azamat Murzakanov uch pog'onaga yuqorilab, 7-o'ringa joylashdi. Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi avstriyalik Aleksandr Rakichni kuchli jeb zarbasi bilan chuqur nokautga uchratgan edi. Rakich 7-o'rindan 10-pog'onaga tushib ketdi.
CHempionlik kamari uchun sobiq davogar Xalil Rauntri 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Aksincha, Bogdan Guskovning bo'lajak raqibi Yan Blaxovich 4-o'rindan 5-pog'onaga tushdi. Guskov esa bu safar ham reytingda o'zgarishsiz qoldi - 11-o'rin! Vazn chempioni - Aleks Pereyra! Irji Proxazka birinchi, endilikda sobiq chempion Magomed Ankalaev keyingi o'rindan joy olgan.

Bugun Octagon 80 turniri o'tkaziladi, unda to'rt nafar o'zbekistonlik MMA jangchisi ishtirok etadi