
"Bo'lib o'tgan jangimizdan barchangizning xabaringiz bor. Kimdir g'alaba kutgan bo'lsa, mag'lubiyatim bilan xafa qilib qo'ygan bo'lsam, uzr so'rayman. Albatta bu mag'lubiyatga birinchi navbatda o'zim sababchiman. Qaerdadir xato va kamchilikka yo'l qo'yganmanki, mag'lubiyatga uchradik. Lekin bunday olib qaraganda, men buni mag'lubiyat demagan ham bo'lardim. Kamida durang berilganida yaxshi bo'lar edi. Mayli, buni muhokama qilishga haqqimiz yo'q. Bo'lib o'tgan ishga Alhamdulillah, deyish bilan cheklanamiz. Barchangizga qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun kattakon rahmat aytaman. In SHa Alloh, shu Liganing kamarini O'zbekistonga olib kelishga vada beraman", deydi Nurmatov.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz 23 oktyabr kuni Dubayda bo'lib o'tgan ACA 194 turniri doirasida rossiyalik Umalat Israilov bilan jang qilib, hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy bergandi.
Xolmurod Nurmatov: "Buni mag'lubiyat demagan bo'lardim, kamida durang berilsa bo'lardi"
Abdurahmon Fozilovning LFA Ligasidagi debyut jangi sanasi va manzili malum (POSTER)