
Yarim og'ir vazn toifasida WBC chempioni amerikalik Devid Benavides hamyurti Terens Kroufordning Saul "Kanelo" Alvares ustidan qozongan g'alabasini yuqori baholadi. Bu esa uni uchta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylantirdi. SHunga qaramay, Benavidis 38 yoshli Terensni vazn toifasidan qati nazar dunyoning eng yaxshi bokschisi sifatida tanlamadi.
Benavidesning fikricha, P4P’ning ushbu reytingida birinchi o'rinni ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik egallab turibdi. U Kroufordni ikkinchi o'ringa qo'ydi, uchinchi o'rinni esa ikki vazn toifasida mutlaq chempion Naoya Inouega berdi.
"Men Usikni shubhasiz birinchi deb hisoblayman, - dedi Benavides Fight Hype nashriga bergan intervyusida. - Menimcha, Usik ketma-ket katta janglar olib borgani uchun unga hech kim yaqinlashmadi. Hatto birinchi og'ir vaznda ham u eng kuchlilar bilan jang qildi, o'ta og'ir vaznda esa unga ko'p imkoniyat berilmadi, ammo u hammani mag'lub etdi".
"Usik - birinchi, Terens Krouford - ikkinchi, chunki u men kutmagan ishni qildi. U chiqib, "Kanelo"ni uchta yuqori vazn toifasida mag'lub etdi va bu juda oson ko'rinardi. Demak, ikkinchi o'rin Kroufordga, undan keyin Inouega. Naoyaga katta g'alaba kerak.
Eslatib o'tamiz, Usik, Krouford va Inoue 2022 yilning may oyidan beri The Ring vazn toifasidan qati nazar dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingida kuchli uchlikni egallab turibdi va vaqti-vaqti bilan u erda o'z o'rinlarini o'zgartirishyapti. The Ring reytingida bu uch bokschi 2019 yilning noyabr oyidan buyon Top-5 likdan tushmayapti.
