
"Mozes ikki tashkilot reytingida birinchi o'rinda turadi va agar ular majburiy himoyani talab qilishsa, Usik o'ylab ko'rishga majbur bo'ladi, - dedi Uorren. - Agar Mozes bundan keyin ham g'alaba qozonib, shu poziciyani saqlab qolsa, Usik yo u bilan to'qnash keladi yoki kamaridan ajralib qoladi... Aleksandr buyuk bokschi, uning to'rtta kamari bor. Xohlagan ishini qilaversin, omadini bersin".
Eslatib o'tamiz, Itauma WBO va WBA reytinglarida birinchi o'rinni, WBC reytingida esa to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Uning navbatdagi jangi 13 dekabrga belgilangan, ammo raqib hali aniqlanmagan. Frenk Uorrenning so'zlariga ko'ra, ular tegishli taklif bilan murojaat qilgan barcha bokschilar to'g'ridan-to'g'ri rad javobini berishgan yoki nomutanosib ravishda katta gonorar talab qilishmoqda.
