
U Bo Nikal! Amerikalik aralash yakkakurash ustasining so'zlariga ko'ra, bu masalada u AQSH prezidenti Donald Trampning qo'llab-quvvatloviga ega.
"Bu tarixiy voqea. Juda hayajonli. Prezident Tramp bilan gaplashdim — u meni kardda ko'rishni xohladi. Hammasi rejaga ko'ra ketsa, shunday bo'ladi, deb o'ylayman. FOX telekanaliga borib, RAF (Real American Freestyle) turnirini targ'ib qilayotgandim. SHu paytda u menga qo'ng'iroq qildi, ruhlantirdi, bir necha iliq so'zlar aytdi. Biz kard haqida biroz suhbatlashdik. Men unga ishtirok etmoqchiman, dedim. U esa: "Masala hal bo'ldi deb hisoblayver", dedi. U bilan Dana Uayt juda yaqin, shuning uchun uning tavsiyasi menga albatta yordam beradi", — dedi Bo Nikal.
