SportUz.Net
iks
ads

UFC 321 tarozi natijalari: ikki sportchi vazn qila olmadi, bitta jang bekor qilindi + FOTOGALEREYA

24.10.2025 15:12    


Rasmni yuklab olish

Ertaga BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida kardidan ikkita chempionlik jangi o'rin olgan UFC 321 turniri o'tkaziladi.

Raqamlangan UFC turniri ishtirokchilari ananaga ko'ra rasmiy tarozidan o'tish, so'nggi face to face va matbuot anjumanida hozir bo'lishdi. Oqshomning asosiy jangi og'ir vazn toifasida o'tkaziladi va unda divizion chempioni britaniyalik Tom Aspinall reytingda birinchi o'rinni egallab turgan franciyalik davogar Siril Ganga qarshi oktagonga chiqadi. Tarozida chempion raqibidan deyarli 3,5 kilogrammga og'irroq tosh bosdi - 115.67 kg. Gan esa 112.27 kg vazn ko'rsatdi. 

Muhimli jihatidan ikkinchi jang ham chempionlik kamari uchun kechadi. Unda eng engil vazn toifasida vakant qolgan chempionlik kamariga braziliyalik Virna Yandiroba amerikalik Makkenzi Dernga qarshi oktagonga chiqadi. Ularning har ikki ham tarozida bir xil vazn ko'rsatishdi - 52.16 kg

Rossiyalik jangchilar Umar Nurmagomedov, Aleksandr Volkov, Azamat Murzakanov va Ikram Aliskerov belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Engil vazn toifasidan o'rin olgan braziliyalik Mateus Kamilo va amerikalik Abdul-Karim Al-Selvadi o'rtasidagi jang bekor qilindi. Bunga Abdul-Karim bilan bog'liq holat sabab bo'lgani, lekin aynan nima ekani aytilmayapti. 

Ikki jangchi belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Xose Delgado 450 gramm, qozog'istonlik Avaz Maksum 1 kg 350 gramm ortiqcha vaznga ega malum bo'ldi. Endi Delgado gonoraridan 20, Maksum esa 30 foizini raqibiga beradi.  


UFC 321 tarozi natijalari (Asosiy kard janglari):

Tom Aspinall (115.67 kg) – Siril Gan (112.27 kg)

Virna Yandiroba (52.16 kg) – Makkenzi Dern (52.16 kg)

Mario Bautista (61.46 kg) – Umar Nurmagomedov (61.69 kg)

Jailton Almeyda (107.5 kg) – Aleksandr Volkov (118.61 kg)

Azamat Murzakanov (93.21 kg) – Aleksandr Rakich (92.99 kg)


Prelim kard janglari

Nasrat Xakparast (70.76 kg) – Kuillan Salkild (70.53 kg)

Ikram Aliskerov (84.14 kg) – Yun Yon Pak (84.14 kg)

Lyudovit Klayn (70.76 kg) – Mateush Rebecki (70.53 kg)

Lui Sazerlend (119.93 kg) – Valter Uoker (110.68 kg)

Xose Delgado (66.68 kg)* – Natanil Vud (66.22 kg)

Xamdi Abdelvaxab (120.20 kg) – Kris Barnett (118.39 kg)

Azat Maksum (58.51 kg)** – Mitch Rapozo (56.93 kg)

Jaklin Amorim (52.62 kg) – Mizuki Inoue (52.16 kg)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: