Eng engil vazn toifasida Liga reytingida 12-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Xolmurod Nurmatov turnir doirasida rossiyalik Umalat Israilov bilan bahs olib bordi.
Prelim kardda o'tkazilgan 3 raundlik jang to'liq davom etdi. Yakunda Israilov hakamlarning yakdil qarori bilan 29-28, 29-28 va 29-28 hisobida g'alabasini rasmiylashtirdi.
Bungacha Umalat Israilov ACA reytingida Xolmuroddan bir pog'ona pastda, aniqrog'i, 13-o'rinda borayotgandi.
Bugungi natijadan keyin Nurmatovning mag'lubiyatlari soni 9 taga etdi. Umalat esa karerasidagi 18-g'alabasini nishonladi.
ACA 194. Xolmurod Nurmatovning rossiyalik tajribali raqibga qarshi jangi yakunlandi