Turnir prelim kardi doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Saidyoqub Qahramonov oktagonga ko'tarildi.
29 yashar hamyurtimizga misrlik Omar El Bili raqiblik qildi. 3 raundga mo'ljallangan bellashuv dastlabki besh daqiqalikdayoq nihoyasiga etdi. Saidyoqub raqibini bo'g'ish usuli orqali taslim etdi.
Bu UFC sobiq jangchisi Saidyoqubning prof karerasidagi 16-jangida qo'lga kiritgan 13-g'alabasi bo'ldi. Uning hisobida 3 ta mag'lubiyat ham bor. Omar El Bilining rekordi esa endi 6-4-0 ko'rinishida.
ACA 194. Xolmurod Nurmatovning rossiyalik tajribali raqibga qarshi jangi yakunlandi