SportUz.Net
iks
ads

"Topuriya vaqtni cho'zmoqda" - Peddi Pimblett

23.10.2025 14:54    


Rasmni yuklab olish

Peddi Pimblett so'nggi besh oy davomida oktagonga chiqmagan engil vazn chempioni Iliya Topuriya jang qilmaslik uchun vaqtni cho'zayotganini davo qilmoqda.

"Hozir men uchun jang olish juda qiyin. O'rtdagi kishilar: "Men unga qarshi jang qilmoqchiman, men unga qarshi jang qilmoqchiman" deyishadi. Ammo jang taklif qilinganda, ular rad etishadi. Men shunchaki o'tirib jangni kutdim. Men oktyabrda Abu-Dabiga Jastin Geytjiga qarshi jang qilaman deb o'ylagan edim, lekin u jangga chiqmaydi. Den Xuker Arman Carukyan bilan jang qiladi, CHarlz Oliveyra esa yaqinda Mateush Gamrot bilan to'qnashdi. Demak, aslida, Iliya Topuriyadan tashqari men jang qiladigan hech kim yo'q.

Umid qilamanki, bu jang bo'ladi. Menimcha, agar u shartnomaga imzo chekkanida barcha narsa allaqachon hal etilgan bo'lar edi. Lekin u vaqtni cho'zmoqda. U kamera qarshisida ko'p gapiruvchilardan, lekin imzo qo'yishga kelganda — qog'ozga ismini qo'yishga qodir emas. Men unga engil vaznda birinchi raqib bo'lishim kerak edi — bu amalga oshmadi. Balki biror-bir jangchilar mendan ko'ra ko'proq haqlidir, lekin menga ham sovg'a beringlar — biz UFC tarixidagi eng shov-shuvli janglardan birini tashkil etamiz. Bizning qarshiligimiz suniy emas. Biz haqiqatan ham bir-birimizni do'pposlashni xohlaymiz. Va u menga kerak bo'lgan narsaga ega", — dedi Pimblett. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: