Promouterlik kompaniyasi 20 dekabr kuni ilk marta G'arbiy Afrika bozoriga kirib, Gananing Akkra shahrida professional boks kechasini o'tkazadi.
Tashkilot bosh direktori Eddi Xirnning so'zlariga ko'ra, ushbu turnir Entoni Joshuaning fevral oyida ringga qaytishi uchun tayyorgarlik bosqichi bo'lib xizmat qiladi.
"Biz Ganada 20 dekabr kuni shou o'tkazyapmiz. SHubhasiz, bu Joshuaning shousi bo'lmaydi, lekin baribir yaxshi voqelik bo'ladi. Biz bu turnir bilan mahalliy sharoitni yaxshilashni xohlaymiz, xolos", deydi Xirn.
Joshua so'nggi bor 2024 yil sentyabrida Daniel Dyubuaga qarshi jang qilib, muddatidan avval mag'lub bo'lgandi.