35 yashar hamyurtimiz 22 dekabr kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida tashkil etiladigan Octagon 82 turnirida ishtirok etishi mumkin.
Bu haqda Mirzamatov o'zining Instagram sahifasida xabar berdi. Sportchi ushbu turnir doirasida Qozog'iston vakili Bogdan Pshelbeskiyga qarshi jang qilish istagida.
Faoliyatida 19 ta jang o'tkazib, 15 g'alaba va 4 mag'lubiyat qayd etgan SHohasan Mirzamatov Octagon League'ning Toshkentdagi so'nggi turnirida ham chiqish qilib, g'alabaga erishgandi. 26 yoshli Bogdan Pshelbeskiy esa oxirgi jangida taniqli MMAchimiz Saidotaxon Nuriddinovdan ustun kelgandi. Uning rekordi 7-2 ko'rinishida.