SportUz.Net
iks
ads

"IBA Jahon chempionatini Olimpiadadan ham muhimroq qila oldi" - Umar Kremlyov

16.10.2025 10:39    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro boks associaciyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov Rossiya sportchilarini xalqaro arenalarda himoya qilish haqida fikr bildirdi.

"Barcha federaciyalarga shunchaki aytmoqchiman — qo'rqmanglar. Sportchilarni himoya qilish uchun olg'a yurish kerak. Agar bizga to'siq bo'lsa, uni yorib o'tish lozim — barchamiz bayroq va madhiya bilan chiqishimiz kerak. Agar bu bo'lmasa, biz parallel musobaqalar o'tkazamiz.

Biz — Xalqaro boks associaciyasi — Xalqaro olimpiya qo'mitasidan ajralib chiqdik. Endi jahon chempionatini Olimpiadadan ham muhim deb elon qildik. Negaki, biz boksni butun dunyo bo'ylab rivojlantiryapmiz. Qaysi chempionat asosiy bo'lishi kerak? Albatta, bizniki. Olimpiya futboli haqida hech kim gapirmaydi-ku.

Biz o'z o'yinimizni o'ynashimiz kerak. Associaciya nizomini himoya qilish zarur. Hozir boks associaciyasi shuni qildi. Homiylar jahon chempionatiga kelishdi — faqat telexuquqlar $30 mln turdi. Kelasi yil bu raqamni $150 mln gacha etkazamiz. Biz aslida FIFA qilgan ishni takrorladik — ajralib chiqdik va jahon chempionatini Olimpiadadan muhimroq qildik", — dedi Kremlyov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: