
UFC shartnomalari o'ynalgan mazkur turnirda og'ir vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustamiz Azamat Nuftillaev serbiyalik Yovan Lekaga qarshi oktagonga chiqdi. Jang to'liq uch raund davom etdi va uning yakunida Leka hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, dunyoning eng kuchli ligasi jangchisiga aylandi.
Malumot uchun, Azamat Nuftillaev bugun faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'abalari 17 taligicha qoldi, hisobida 1 ta durang ham bor. Yovan Leka bugun 11-g'alabasiga erishdi.
Umid qilamizki, Nuftillaevda hali UFC uchun imkoniyat bo'ladi.

LIVE Bogdan Guskov jang qiladigan UFC 323 turnirining erta prelim janglari yakunlandi