Liga matbuot xizmati turnirning markaziy bahsini elon qildi. Malum bo'lishicha, o'ta engil vazn toifasida UFC reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Brendon Royval ushbu turnirda ettinchi pog'onadagi Portugaliya vakili Manel Kape bilan to'qnash keladi.
33 yoshli Royval faoliyati davomida 25 ta jang o'tkazib, 17 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat qayd etgan. 31 yashar Kape hisobida esa 21 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat bor.
Malumot uchun, bu vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov diskvalifikaciyaga uchraganidan keyin tashkilot reytingini tark etdi.
Ramazon Temirovning vaznidagi myanmalik sportchi UFC kamari uchun jang qiladigan bo'ldi