"Uch hafta avval Mateush 9 noyabr kungi jangga tayyyorgarlik ko'rish uchun Floridaga uchib bordi. Amerikada ekanligining ikkinchi kunida esa u Fiziev CHarlz Oliveyra bilan jangdan chiqqanini bildi. Jang kutayotgan askar kabi u braziliyalik afsona bilan jang qilish imkoniyatiga oshiqdi va bir necha kundan so'ng bunga erishdi.
Mateush 12 kun jiddiy tayyorlandi, keyin esa Braziliyaga borib imkoniyatidan foydalandi. Oktagonga chiqish doimo tavakkal, bu safar esa bu tavakkalchilik o'zini oqlamadi. Jang bizning foydamiz tomon yakunlanmadi, ammo Gamrot jangchilik shijoatini saqlab qoldi", - dedi Braun.
Ramazon Temirovning vaznidagi myanmalik sportchi UFC kamari uchun jang qiladigan bo'ldi