SportUz.Net
iks
ads

Kroufordning murabbiyi amerikalik boksni tark etishdan oldin qancha jang o'tkazishini aytdi

13.10.2025 12:03    


Rasmni yuklab olish

Mutlaq jahon chempioni Terens Kroufordning murabbiyi Brayan Makintayr shogirdining boksdan ketish muddati haqida gapirdi.

"Men uning o'z oilasi bilan vaqtini o'tkazishini xohlayman. U uzoq vaqt uyda bo'lmadi. Bu narsa esa sizga bosim o'tkazadi... Teres faoliyatini yakunlashi kerakmi? Saul Alvares ustidan qozonilgan g'alaba juda oson ko'rinadi. Jin ursin, siz buni tushunmaysiz. U yana ikki-uchta jang o'tkazishi mumkin. Kundan-kunga o'quv-mashg'ulot yig'inida bizga qiyinroq bo'lib boraveradi", - dedi Makintayr Fight Hub TV YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Hozirda Krouford 38 yoshda. Amerikalik 2008 yilda professional sifatida debyut qilgan. U engil (61,2 kg gacha), birinchi yarim o'rta (63,5 kg gacha), yarim o'rta (66,7 kg gacha), birinchi o'rta (69,9 kg gacha) va ikkinchi o'rta (76,2 kg gacha) vazn toifalarida jahon chempioni bo'lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: