SportUz.Net
iks
ads

Xabib Nurmagomedov: "Tarixiy ikkinchi kamar qo'lga kiritilishiga oz qoldi"

13.10.2025 10:06    


Rasmni yuklab olish

Islam Maxachev murabbiyi va jamoadoshi Xabib Nurmagomedov boshchiligidagi yarim o'rta vazn toifasidagi debyutiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Engil vaznda sobiq UFC chempioni besh haftadan so'ng bo'lib o'tadigan Jek Della Maddalenaga qarshi chempionlik jangida o'zi uchun tarixiy ikkinchi kamarni qo'lga kiritishni maqsad qilgan. 

"Butun umrimiz zalda yonma-yon o'tib, bir-birimizga yaxshiroq va kuchliroq bo'lishga yordam berdik. Tez orada tarixiy ikkinchi kamarga boramiz, hozircha esa ish davom etmoqda", - deb yozdi Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqda Maxachev bilan birgalikdagi mashg'ulot suratini joylab.

Suratdan ko'rish mumkinki, engil diviziondan ko'tarilayotgan rossiyalik jangchi ancha gabarit qo'shib olgan va professional faoliyatini allaqachon yakunlagan Xabib fonida ham salobatliroq ko'rinmoqda.

Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev 15 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirida yana chempion bo'lishga urinib ko'radi. U avstraliyalik raqibidan yarim o'rta vazn toifasidagi kamarni tortib olish uchun urinishni amalga oshiradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: