SportUz.Net
iks
ads

Tom Aspinall UFC chempionlik kamaridan voz kechishi mumkin

13.10.2025 09:54    


Rasmni yuklab olish

Tom Aspinall divizion reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan do'sti Ante Deliyaga qarshi jang qilishdan ko'ra, og'ir vazn toifasidagi UFC chempionlik kamaridan voz kechishni afzal biladi.

"Do'stim va sparring sherigim Ante Deliya hozirda Top-10`likka kirdi. Katta ehtimol bilan u 2-3 ta jang o'tkazganidan keyin chempionlik kamari uchun davogarga aylanadi. Agar men hech qachon chempion bo'lmaganimda, biz jang qilishimiz kerakligini his etgan bo'lardim, chunki bu mening orzuim. Ammo hozir, bunga erishganimdan so'ng, men kamardan shunchaki voz kechgan bo'lardim. Lekin u bilan hech narsa uchun, har qanday katta pul uchun ham jang qilmayman. U mening do'stim. Men uchun pul va unvonlardan ham muhimroq narsalar bor. Men allaqachon kamarni qo'lga kiritdim, buni amalga oshirdim va u bu darajaga etib kelguniga qadar yana bir nechta jang o'tkazishga ulguraman", - dedi britaniyalik ShxtsnGigs podkastida.

Og'ir vazn toifasida PFL Gran-prisi g'olibi Ante Deliya sentyabr oyida dunyoning eng kuchli ligasida debyutini muvaffaqiyatli o'tkazib, birinchi raunddayoq polshalik Marchin Tiburani nokautga uchratdi. Xorvatiyalik 35 yoshli aralash yakkakurash ustasi o'zining navbatdagi jangini 1 noyabr kuni divizion reytingida oltinchi o'rinda borayotgan amerikalik Valdo Kortes-Akostaga qarshi o'tkazadi.

Tom Aspinall esa ikki haftadan so'ng Abu-Dabidagi UFC 321 turnirida reyting peshqadami franciyalik Siril Gandan chempionlik kamarini himoya qiladi. Bu oqshomning asosiy jangi bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: