SportUz.Net
iks
ads

Jahon chempionati: medallar jamg'arish umumiy reytingida ikkinchi bo'ldik

15.09.2025 11:30    


Rasmni yuklab olish

Kecha Angliyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi World Boxing Jahon chempionati nihoyasiga etdi.

Dunyo birinchiligida 60 dan ortiq mamlakatdan 500 nafardan ziyod bokschi ishtirok etdi. 

Musobaqada O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 11 ta medalga ega chiqishdi.

Bu orqali vakillarimiz medallar soni bo'yicha musobaqada birinchi o'rinni band etdi. SHuningdek, erkaklar terma jamoamiz ham medallar reytingida etakchi bo'ldi. Umumjamoa hisobida esa Qozog'iston terma jamoasi medallar sifati bo'yicha birinchi bo'ldi. Kuchli uchlikka Hindiston terma jamoasi yakun yasadi.


 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: