SportUz.Net
iks
ads

Naoya Inoue: "Bu Murodjonning sharofati bilan edi"

15.09.2025 10:06    


Rasmni yuklab olish

Prof boksning ikkinchi eng engil vaznida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue WBA yo'nalishi bo'yicha o'zbekistonlik vaqtinchalik chempion Murodjon Axmadaliev ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.

"Murodjon Ahmadalievdek kuchli bokschi bilan jang qilish menga katta motivaciya berdi. U juda yaxshi bokschi. Uning sharofati bilan juda yaxshi jang ko'rsata oldim.

SHu yil oxirida Saudiya Arabistonida jang o'tkazishni rejalashtiryapman. Yana bir jang, keyin esa seni olaman, Junto Nakatani", dedi Inoue.

Naoya kecha bo'lib o'tgan bahsda Murodjon Ahmadalievni hakamlarning yakdil qarori ila mag'lub etgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: