Turnirning asosiy jangida ikkinchi eng engil vazn toifasidagi yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue o'zbekistonlik WBA Interim kamari sohibi Murodjon Ahmadalievga qarshi bahs olib bordi va hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra g'alaba qozondi.
Bu Naoya uchun prof karerasidagi to'rtinchi to'liq o'tkazilgan jangga aylandi. U so'nggi marta 2019 yil Filippin vakili Nonito Doneyrni ochkolar hisobi bo'yicha enggandi.
Malumot uchun, 32 yoshli Inoue hozirga qadar 31 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. U janglarining 27 tasida muddatidan avval g'alabaga erishgan.
Krouford uchta turli divizionda mutlaq chempionlikka erishgan tarixdagi ilk bokschiga aylandi