Musobaqada -65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Navbahor Hamidova final jangini qozog'istonlik Aida Abikeevaga qarshi o'tkazdi.
Jang to'liq 3 raund davom etdi va unda afsuski Navbahor 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jang mobaynida referi bokschimizdan ochko olib tashladi.
SHu tariqa, Navbahor Hamidova kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida kumush medal sohibasiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Navbahor bungacha Belgiya, Angliya va Xitoy Taypeyi vakilalarini mag'lubiyatga uchratib, finalga qadar etib kelgandi.