Liverpulda davom etayotgan dunyo birinchiligida yana bir hamyurtimiz — Javohir Ummataliev (80 kg) ham shohsupadan joy oldi.
20 yashar Ummataliev musobaqa finalida franciyalik Yojerlen Cezar bilan bahs olib bordi va yakunda hakamlarning yakdil qarori ila zafar quchdi.
Bu g'alaba orqali Javohir o'zi uchun dastlabki JCHda oltin medalga ega chiqdi va jamoamiz hisobiga shu turdagi uchinchi medalni qo'shib qo'ydi.