Musobaqada -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalokov finalda braziliyalik Luis Gabriel de Oliveyraga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 2-raundda braziliyalik raqibning jarohati sababli yakunlandi. Bu vaqtga kelib ochkolar evaziga ko'ra Abdumalik g'alabaga eriishayotgandi. Yakunda hamyurtimiz ushbu jangda g'olib deb elon qilindi va oltin medal sohibiga aylandi.
Bu orqali Abdumalik ketma-ket ikkinchi marotaba Jahon chempioni unvoniga sazovor bo'ldi.
Abdumalik Xalokov Toshkentda o'tkazilgan JCHda ham oltin medalga ega chiqqandi. U shuningdek 2021 yili Belgrad mezbonlik qilgan musobaqada finalga qadar etib borib, kumush medalga sazovor bo'lgandi.