Musobaqaning asosiy bahsida ikkinchi eng engil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue ushbu vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bilan to'qnash keldi.
12 raundlik chempionlik jangi to'liq davom etdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan yapon bokschisining g'alabasini qayd etishdi. Inoue chempionlik kamarlarini o'zida saqlab qoldi.
SHunday qilib, 30 yashar hamyurtimiz faoliyatidagi 16-jangida 2-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 32 yoshli Naoya esa 31-jangida o'zining 31-g'alabasini nishonladi.
Murodjon Ahmadalievning Naoya Inouega qarshi mutlaq chempionlik jangi to'liq davom etdi