SportUz.Net
iks
ads

Lopes Noche UFC turnirida 100 000 dollarlik bonusni qo'lga kiritdi

14.09.2025 10:09    


Rasmni yuklab olish

Meksika Mustaqillik kuniga bag'ishlab o'tkazilgan Noche UFC turnirining bonus sohiblari elon qilindi.

San-Antonio shahrida o'tgan turnirning markaziy jangida braziliyalik Jin Silvani ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan Diego Lopes ikkitalik bonus - 100 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritdi. U "Eng yaxshi jang" va "Yorqin jang" uchun bonusga loyiq ko'rildi.  

Lopes bundan avvalgi jangini shu yilning aprel oyida yarimengil vaznda vakant qolgan UFC chempionlik kamari uchun o'tkazgan va avstraliyalik Aleksandr Volkanovskiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Silva esa 5 ta g'alabali seriyasidan keyin bugun muddatidan avval yutqazdi. U 5 ta jangining barchasida muddatidan oldin yutgan edi. 

Turnirning ikkinchi bonusi mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan meksikalik Santyago Lunaga nasib etdi. U UFC`dagi debyut jangida Vetnam vakili Kuang Lini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: