CHempionatning final bellashuvlari start oldi.
Musobaqada -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Fazliddin Erkinboev final jangini Bolgariya vakili Rami Kivanga qarshi o'tkazdi.
To'liq 3 raund davom etgan jangda Fazliddin ustunlikka erishdi va 5:0 hisobida g'alabaga erishib, oltin medalga sazovor bo'ldi.
Bu O'zbekiston terma jamoasining Liverpuldagi JCHda qo'lga kiritgan ilk oltin medali bo'ldi.
Malumot uchun, Fazliddin Erkinboev musobaqa davomida Turkiya va Belgiya, shuningdek Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan Saidjamshid Jafarovni mag'lubiyatga uchratib, finalga qadar etib kelgandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasining umumiy hisobda 8 nafar bokschisi JCH finaliga yo'l oldi. Ertaga, musobaqaning so'nggi kunida yana 7 nafar bokschimiz JCH oltin medali uchun ringga ko'tariladi.
JCH-2025. Aziza Zokirova terma jamoamiz hisobiga navbatdagi bronza medalini qo'shib qo'ydi