Musobaqada -85 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Akmaljon Isroilov yarim finalda Avstriya vakili Mixael Fares Deruichega qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq 3 raund davom etdi va unda Akmaljon Isroilov 5:0 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.
Malumot uchun, Akmaljon bungacha Avstraliya va Ispaniya vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga etib kelgandi.
Endi Akmaljon ertaga finalda Angliya vakili Tign Stottga qarshi jang olib boradi.
JCH-2025. Aziza Zokirova terma jamoamiz hisobiga navbatdagi bronza medalini qo'shib qo'ydi