SportUz.Net
iks
ads

Dana Uayt Jon Jonsni Oq uydagi UFC turnirida ko'rmoqchi emas

13.09.2025 18:39    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt sobiq chempion Jon Jonsni Oq uyda o'tkazilishi rejalashtirilayotgan UFC turnirida ishtirok etish istagiga munosabat bildirdi.

"Eshit, Jons "men nafaqaga chiqmadim" dedi. Uning Oq uyda jang qilish ehtimoli milliondan bir. U doping test pulida ekanini va shu karda bo'lishni xohlashini bildirdi. Agar u "toza" va motivaciyaga ega bo'lsa, sen unga qatnashish imkoniyatini bergan bo'lardingmi?

Men hech qachon Jonning doping masalasida "toza" emasligi haqida xavotir olmaganman. Odamlar bu haqda ortiqcha gapirishadi. Men Jon Jonsga ishona olamanmi?

U menga bu turnirda jang qilishni aniq istayotganini bildirdi. Lekin menga shu karda ishonsa bo'ladigan odamlar kerak. Nima bo'lmasin — raqib almashadimi yoki boshqa narsa — menga o'sha oqshomda jangga albatta chiqadigan yigitlar kerak.

Men Jon Jonsga "yo'q" demayapman, uning bu turnirda jang qilish istagini hurmat qilaman. Lekin biz Jon bilan yaqinda kelishuv qilgan edik, u esa undan chiqib ketdi. SHuning uchun Jon mening ro'yxatimda birinchi o'rinda emas, garchi men doim uni "barcha zamonlarning eng zo'ri" deb atasamda. Bu haqiqat. Lekin Jon "ishonib bo'ladigan eng zo'r" emas, — dedi Uayt.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: