Oqshomning markaziy jangida yarim engil vaznda chempionlik kamari uchun sobiq davogar Diego Lopes Jin Silvaga qarshi oktagonga ko'tarildi. Braziliyalik aralash yakkakurash ustalari o'rtasidagi jangning ikkinchi raundi yakunlanishiga 12 soniya qolgan bir paytda referi bahsni to'xtatishga majbur bo'ldi. Lopes tirsagida bergan zarbasi evaziga raqibini muvozanatdan chiqardi va ketma-ket zarabalar yomg'irini yog'dirdi. Natijada referi Mayk Beltran jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Nokdaunga qadar ikkinchi raundda Jin Silva ustunlikka erishayotgandi. Diego Lopes reytingda ikkinchi o'rinni egallab turibdi va kamar uchun jiddiy qadam tashladi.
Turnirning co-main event jangi o'ta engil vaznda meksikalik Devid Martines hamda amerikalik Rob Font o'rtasida o'tkazildi. Martines qisqa muddatda jangni qabul qilganiga qaramay, divizion reytingida 9-o'rinni egallab turgan raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Qolgan janglardan amerikalik Tatyana Suares braziliyalik Amanda Lemosni hakamlar qaroriga ko'ra taslim etdi. Ukrainalik yarimo'rta vazn toifasi vakili Daniil Donchenko braziliyalik Rodrigo Sezinandoni birinchi raundning o'zida nokautga uchratdi. Tajribali Kelvin Gastelum uch raund to'liq davom etgan jangda Dastin SHtolcfusni ochkolar hisobiga ko'ra engdi (30-27, 29-28, 29-28).
Bugungi turnirda Rafa Garsiya, Aleksandr Ernandes, Santyago Luna, Dushko Todorovich va Olden Koria raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratishdi.
Noche UFC turnirining barcha natijalari:
Asosiy kard janglari
Diego Lopes Jin Silva texnik nokautga uchratdi – 2-raund, 4:48
Devid Martines Rob Fontni ochkolar hisobiga ko'ra yutdi (29-28, 29-28, 29-28)
Rafa Garsiya Jared Gordonni texnik nokaut evaziga mag'lub etdi – 3-raund, 2:27
Kelvin Gastelum Dastin SHtolcfusni ochkolar evaziga taslim etdi (30-27, 29-28, 29-28)
Aleksandr Ernandes Diego Ferreyrani texnik nokautga uchratdi – 2-raund, 3:46
Santyago Luna Kuang Lini nokaut evaziga engdi – 1-raund, 2:48
Prelim kard janglari
Dushko Todorovich Xose Medina sabmishn evaziga yutdi (ortdan bo'g'ish) – 1-raund, 4:21
Xoakim Silva Klaudio Puelesni hakamlarning ayri qarori bilan taslim etdi (28-29, 29-28, 29-28)
Tatyana Suares raqibasi Amanda Lemosni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28)
Xesus Agilar Luis Gurulani ochkolar bo'yicha yutdi (30-27, 29-28, 29-28)
Sedrik Dyuma - Zakari Riz jangi o'tkazilmagan deb topildi (taqiqlangan zarba sabab) – 1-raund, 0:51
Olden Koria Alessandro Kostani texnik nokaut bilan engdi – 3-raund, 0:47
Monserrat Rendon raqibasi Alis Pereyrani hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etdi (29-28, 28-29, 30-27)
Daniil Donchenko Rodrigo Sezinandoni texnik nokautga uchratdi – 1-raund, 4:27
Markaziy jangida nokaut qayd etilgan Noche UFC turnirining barcha natijalari bitta xabarda