Musobaqada eng og'ir +90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jahongir Zokirov chorak finalda Norvegiya vakili Omar SHihaga qarshi jang o'tkazdi.
Bahs to'liq 3 raund davom etdi va unda Jahongir to'liq ustunlikka erishib, 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Hamyurtimiz jang davomida raqibini nokdaun holatiga ham tushirdi.
Jahongir bungacha mazkur JCH doirasida chorak finalga chiqish uchun Jazoir va Germaniya vakillarini mag'lubiyatga uchratgandi.
Endi yarim finalda u Xitoy vakili Danabike Baikuziga qarshi ringga ko'tariladi.
Saidjamshid Jafarov chorak finalda g'alaba qozondi, yarim finalda "o'zbekcha derbi" ko'ramiz
Abdumalik Xalokov qozog'istonlik raqibni mag'lubiyatga uchratib, JCH yarim finaliga yo'l oldi