SportUz.Net
iks
ads

Abdumalik Xalokov qozog'istonlik raqibni mag'lubiyatga uchratib, JCH yarim finaliga yo'l oldi

11.09.2025 00:21    


Rasmni yuklab olish

Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha Jahon chempionati o'zining eng qizg'in pallasiga etib kelmoqda.

Musobaqada -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olimpiada va Jahon chempioni Abdumalik Xalokov chorak finalda Qozog'iston vakili Bibars Jeksenga qarshi jang qildi.

To'liq 3 raund davom etgan jangda bokschimiz 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

Abdumalik bungacha Turkiya va Italiya vakillarini mag'lubiyatga uchratgandi. Endi u 12 sentyabr kuni yarim finalda Yaponiya yoki Kanada vakiliga qarshi ringga ko'tariladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: