Musobaqada -65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Navbahor Hamidova chorak finalda mezbon bokschi, angliyalik Sacha Ikeyga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq 3 raund davom etgan jangda Navbahor 4:1 hisobida g'alabaga erishdi va yarim finalga yo'l oldi.
Navbahor bungacha Belgiya vakilasini mag'lubiyatga uchratgandi.
Endi u 12 sentyabr kuni final yo'llanmasi uchun Polsha yoki Xitoy Taypeyi vakilasiga qarshi jang o'tkazadi.
Saidjamshid Jafarov chorak finalda g'alaba qozondi, yarim finalda "o'zbekcha derbi" ko'ramiz
Abdumalik Xalokov qozog'istonlik raqibni mag'lubiyatga uchratib, JCH yarim finaliga yo'l oldi