SportUz.Net
photo photo
iks
ads

SHavkat Rahmonovning rejalari ochiqlandi

25.08.2025 08:42    


Rasmni yuklab olish

O'tgan hafta qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi vazn toifasidan qati nazar UFC P4P reytingida ilk bor Top-15`talikka kiritilgan edi.

Surxondaryoda dunyoga kelgan va bir necha yildan beri Qozog'iston sharafini himoya qilayotgan Rahmonov oktagonga qaytish maqsadida mashg'ulotlarni boshladi. U Islam Maxachev va Jek Della Maddalena o'rtasidagi jang g'olibiga qarshi chempionlik bahsida oktagonga chiqishiga umid bildirmoqda. Bu haqda uning murabbiyi Eduard Bazrov intervyu berdi.

"Albatta, biz hech qanday davogarlik jangisiz chempionlik bahsi berilishini xohlaymiz. Lekin qoidalarni chetlab o'tolmaymiz. Hozirgi holatda eng yaxshi variant Maxachev – Maddalena jangi g'olibini kutish. Bu jangni sug'urtalash, yani zaxira jangchisi bo'lish taklifi bo'lmadi. Bo'lgan taqdirda ham biz bu taklifga rad javobini beramiz. Biz o'z rejamiz asosida mashg'ulotlarni boshladik. SHavkat va qolgan jamoamiz azolari ham shu fikrda. Rahmonov reja asosida ishlashda davom etadi. Boks, kurash, jismoniy tayyorgarlik, zarba texnikasi ustida ishlaymiz", – dedi Bazrov. 

SHunningdek, Bazrov o'z so'zida davom etib, navbatdagi raqib amerikalik SHon Bredi bo'lishini inkor etdi. Bredi - Rahmonov jangi noyabr oyida Qatardagi UFC turnirida o'tkazilishi haqida xabar tarqagandi.

"Bu xabarni sizdirishdi. Lekin men bu jang haqida hech qanday malumotga ega emasman. SHavkat ham, jamoamizdagilar ham bu haqda bilishmaydi. Bizga hech kim rasmiy murojaat bilan chiqmadi. Menejerimiz Sayat Abdraxmanov bilan doimiy aloqadamiz. Qanday yangilik bo'lsa, birinchi u biladi va bizga etkazadi", – deya so'zlariga yakun yasadi murabbiy. 

Malumot uchun, yarimo'rta vazn chempioni Jek Della Maddalena va rossiyalik davogar Islam Maxachev o'rtasidagi jang noyabr oyida Nyu-York shahrida tashkil etiladigan UFC 322 turniri doirasida bo'lib o'tadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: