SportUz.Net
photo photo
iks
ads

Madrimov uchun imkon: Krouford chempionlik kamarini vakant qoldiradi

25.08.2025 10:45    


Rasmni yuklab olish

14 sentyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida yirik prof boks oqshomi o'tkaziladi.

Musobaqaning markaziy jangida amerikalik charm qo'lqop ustasi, super yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Terens Krouford Meksika vakili Saul Alvaresga qarshi ringga ko'tariladi.

Malum bo'lishicha, Kroufordning Alvares bilan jangi boshlanishi bilanoq unga tegishli WBA kamari vakant maqomiga o'tadi.

Hozirda ushbu yo'nalishning vaqtinchalik kamari Abbas Barauga tegishli hisoblanadi.

Yodingizda bo'lsa, Krouford chempionlik kamarini 2024 yil avgust oyida hamyurtimiz Isroil Madrimovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan holda qo'lga kiritgandi. Hozirda Madrimov ushbu tashkilot reytingida 5-o'rinni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: