UFC jangchisi Ramazon Temirovning ukasi bo'lmish Azizbek 21 sentyabr kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida tashkil etiladigan Octagon 79 turnirida ishtirok etadi.
Hozircha unga kim raqib bo'lishi aytilmagan.
Yodingizda bo'lsa, Azizbek AQSHning LFA Ligasi bilan shartnoma imzolab, mart oyida ushbu tashkilot musobaqasida jang qilib, mag'lubiyatga uchragan edi. Uning hisobida jami 5 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.